"Bayer" himoyachisini jamoada olib qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Bayer" sport direktori Saymon Rolfesning aytishicha, klub jamoaning markaziy himoyachisi Jonatan Ta bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.
"Biz Tani jamoada saqlab qolmoqchimiz va uning shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirmoqchimiz. Futbolchi bilan mazmunli suhbat joriy mavsum oxirida bo'lib o'tadi", - deya Rolfesning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano. Rolfes, shuningdek, futbolchining o'zi "Bayer"da qolishni rejalashtirayotganini qo'shimcha qildi.
U bilan amaldagi kelishuv 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.
2023/2024 yilgi mavsumda Ta 40 ta o'yinda 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!