"Inter" futbolchisiga APLga o'tish fikri yoqmay qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Inter"ning o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris endi Angliya Premer-ligasiga o'tishni istamayapti.
Kuzda nidelandiyalik futbolchi “neradzurrilar”ning yangi shartnoma taklifini rad etgandi, chunki u o'sha vaqtda Angliyaga o'tish haqida jiddiy o'ylayotgandi. Biroq, La Gazette Dello Sport xabariga ko'ra, futbolchi faoliyatini Premer-ligada davom ettirish uchun hech qanday aniq variant olmagan - barchasi turnir jadvalining o'rtasidan bir nechta klublarning qiziqishi bilan chegaralangan. Aynan shu sababdan 28 yoshli lateral o'z kelajagini qayta ko'rib chiqdi va "Inter"da qolishga qaror qildi. U Milandagi hayotdan va jamoadagi hozirgi holatidan mamnun.
Biroq tomonlar yangi shartnoma shartlari bo'yicha haligacha kelisha olishmadi. Dyumfrisning amaldagi shartnomasi 2025 yilda tugaydi va kelishuvga erishilmasa, "Inter" uni keyingi yozda sotadi.