"Yuventus" "Inter" tarbiyalanuvchisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Montsa" darvozaboni Mikele di Gregorio "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi.
26 yoshli futbolchiga "Milan" ham qiziqish bildirgan, ammo "Yuventus" futbolchi uchun kurashda g'alaba qozongan. Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati darvozabon bilan printsipial kelishuvga erishgan. Di Gregorio Turin klubi bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashga tayyor. Italiyalik futbolchining maoshi yiliga 2 million evroni tashkil qiladi va unga bonuslar qo'shiladi.
Di Gregorio "Inter" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yilda "Montsa" 4 million evrodan sal ko'proq to'lab, "neradzurrilar"dan darvozabonni sotib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!