"Nyukasl" futbolchisini 100 million funtga sotib olish mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Nyukasl" futbolchisi Brunu Gimaraesni 100 million funtga sotib olish mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, may oyining oxirgi haftasidan iyun oyining oxirgi haftasi boshigacha Gimaraes uchun 100 million funt sterling miqdoridagi tovon puli bandini faollashtirish mumkin bo'ladi. Shundan so'ng "Nyukasl"ning o'zi narx belgilashi va muzokaralarni nazorat qilishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq, "Manchester Siti" futbolchiga qiziqish bildirayotgani va Brunu uchun 117 million evro to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.
Futbolchiga boshqa top-klublar, jumladan, APLdagi klublar da'vogarlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!