Terri Villash-Boash bilan yuzaga kelgan mojaroni esga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri portugaliyalik murabbiy Andre Villash-Boash bilan yuz bergan mojaro haqida gapirdi.
"Men ekonom-klassda 13 soatlik parvozda bo'lishim kerak edi, lekin yosh futbolchilar biznes-klassda o'tirishgandi. Bu Andrening jamoa faxriylariga imtiyoz bermaslik siyosatining bir qismi edi. Men o'tirdim va o'yladim: yo'q, yosh futbolchilar ekonom-klassga qaytmaguncha men hech qaerga uchmayman. Villash-Boash birinchi kuniyoq o'zini ko'rsatishga urindi, biroq bir zumda buning uddasidan chiqa olmadi", - dedi Terri Football Talk bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Terri 1998 yildan 2017 yilgacha "Chelsi"ning asosiy jamoasida o'ynagan. Angliyalik futbolchi besh marta liga va Angliya kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, bir martadan Chempionlar ligasi va Evropa ligasida g'olib chiqqan.