Rasman! Evropaning ko'plab klublari qiziqish bildirayotgan murabbiy "Portu" bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Portu" o'zining rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Serjiu Konseysau bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
49 yoshli mutaxassis 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan shartnomani imzoladi. Konseysau "Portu"ni anchadan beri – 2017 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda.
So'nggi oylarda mutaxassis bir necha bor boshqa klubga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. Serjiuning avvalgi shartnomasi kelasi yozgacha amal qilgan.
"Portu" ayni damda Portugaliya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Sporting"dan 18 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!