"Barselona" futbolchisi jamoada qolishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Barselona" markaziy hujumchisi Mark Giu klubda qoladi. Bu haqda jurnalist Toni Xuanmarti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi kelasi yozda klub bosh murabbiyligidan ketish haqidagi fikrini o'zgartirgan Xavi Ernandesning bayonotidan keyin shunday qarorga kelgan.
Qayd etilishicha, Giu keyingi mavsumda tarkibdan joy olish uchun kurashish niyatida. Joriy mavsumda forvard "Barselona"ning asosiy jamoasi tarkibida oltita o'yinda qatnashib, ikkita gol urdi.
Giuning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 7,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!