"Barselona" Fatini sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Barselona" yozgi transfer oynasida hujumchi Ansu Fatini sotishga qaror qildi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar tarqatdi.
Hozirda 21 yoshli Fati "Brayton"da ijara asosida o'ynamoqda. Ingliz klubi safida 25 ta rasmiy o'yinda iqtidorli forvard to'rtta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatma oshirdi.
Transfermarkt portali Ansu Fatini 30 million evroga baholamoqda. Avvalroq futbolchi bir necha bor jarohat oldi va bu "Barselona"ni xavotirga solgan. Ansu Fatining "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!