Manba: Fayzullaev A Seriya klublarining «radarida»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev joriy mavsum yakunida Evropaga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Euro-football.ru internet-nashrining xabar berishicha, Italiyaning ikki klubi “armiyachilar” futbolchisini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jamoalar nomi oshkor etilmagan.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Moskva jamoasida 2023 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan. "Transfermarkt" portali ekspertlari uning qiymatini besh million evroga baholamoqda.
Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumida 20 yoshli yarim himoyachi 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: euro-football.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!