Entso uchun mavsum yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Entso Fernandes churra operatsiyasi tufayli Premer-liganing qolgan mavsumini o'tkazib yuboradi.
Xabar qilinishicha, yarim himoyachi bir oydan beri muammodan aziyat chekmoqda. “Chelsi”ning tibbiyot xodimlari dastlab muammoni noinvaziv usul bilan hal qilishga harakat qilishdi, biroq Argentina terma jamoasi shifokorlari bilan maslahatlashilganidan so'ng Fernandesga jarrohlik amaliyoti zarurligi ma'lum bo'ldi.
Futbolchining tiklanishi uchun taxminan uch hafta kerak bo'ladi. U 20 iyun kuni AQShda boshlanadigan Amerika Kubogi uchun Argentina terma jamoasi safiga qo'shilishga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Shu tariqa, Fernandes «Chelsi»ning APLda qolgan oltita o'yinida ishtirok eta olmaydi. Londonliklar “Aston Villa”, “Tottenxem”, “Vest Xem”, “Nottingem Forrest”, “Brayton” va “Bornmut”ga qarshi bahs olib boradi.