Gvardiola Kanseluning kelajagi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardioladan hozirda "Barselona"da ijarada o'ynayotgan portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluning kelajagi haqida so'rashdi.
"Kanseluning kelajagi hali muhokama qilinmagan. Buni mavsum oxirida amalga oshiramiz", - dedi Gvardiola.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Kanselu "ko'k-anorranglilar" safida 26 ta o'yin o'tkazdi. 29 yoshli himoyachi ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ijara muddati iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!