"Inter" yarim himoyachini tekinga yo'qotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Stefano Sensi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Shkira xabar berdi.
Jurnalistning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi. Yarim himoyachi 2019 yildan beri “neradzurrilar” safida.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Stefano uchta o'yin o'tkazib, hech qanday natija qayd etmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!