Xavi "Barselona" faxriysi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Serxi Roberto keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes tajribali futbolchini etakchilik xislatlari va kiyinish xonasidagi muhitga ta'siri tufayli o'zida saqlab qolmoqchi. Robertoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Serxi Kataloniya jamoasida 2013 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Uning transfer narxi 3 million evroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 32 yoshli himoyachi to'qqizta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!