"Barselona" Xavi o'rniga 8 nafar murabbiy variantini ko'rib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Kataloniyaning "Barselona" klubi amaldagi bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan xayrlashgan taqdirda sakkiz nafar murabbiyning nomzodini ko'rib chiqdi.
Diario Sport jurnalistlarining xabar berishicha, kataloniyaliklar qiziqishlari qatoriga quyidagi mutaxassislar kirdi: Xans-Diter Flik, Tomas Tuxel, Roberto De Zerbi, Ralf Rangnik, Arne Slot, Andoni Iraola, Luis Enrike va Rafael Markes.
Eslatib o'tamiz, “ko'k-anorranglilar” rahbariyati Xavini ketishdan qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Mutaxassis keyingi mavsumda ham jamoada qoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!