"Liverpul" niderlandiyalik murabbiy bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot "Liverpul" rahbariyati bilan hamkorlikni boshlash borasida muzokaralar olib bormoqda.
Insayder Pedro Almeydaning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, tomonlar kelishuvga yaqin turibdi. Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" va Slot o'rtasida 2028 yilning o'rtalariga qadar davom etadigan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolanadi. Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar murabbiyning muddatidan oldin ketgani uchun “Feenoord”ga 12 million evro tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Liverpul”ning amaldagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunida jamoani tark etadi. “Qizillar” ayni damda APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!