Arauxo kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatidagi muhim qarorni qabul qildi. Jurnalist Fernando Poloning xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchi rahbariyat uni boshqa klubga sotish istagi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "Barselona"da qolmoqchi.
Shuningdek, “Blaugrana” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa menejerlariga Arauxoni hech qanday sharoitda sotilmasligini aytgan. Mutaxassis urugvaylikni top futbolchi deb biladi va u bilan xayrlashmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq urugvaylik futbolchi uchun yozgi transfer oynasida taxminan 100 million evro to'lashga tayyor bo'lgan "Bavariya" Arauxoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!