"Real" futbolchisini osonlikcha "Atletiko"ga qo'yib yubormaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Madridning "Atletiko" klubi "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Relevo xabariga ko'ra, "matraschilar" "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan futbolchini qo'lga kiritish uchun maksimal kuchini sarflashi kutilmoqda. Diego Simeonening shaxsan o'zi bu transferni istamoqda.
Ammo muammo bor, "Real" Danini o'zining to'g'ridan-to'g'ri raqibiga berib yubormoqchi emas. Uning boshqa chempionat klubiga o'tish imkoniyati yuqoriroq.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!