Kilian Mbappe shaxsiy rekordni o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
“PSJ”ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe bir mavsumda gol urish bo'yicha shaxsiy rekordini o'rnatdi.
Frantsiya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Loren” bilan o'yinda (4:1) Mbappe ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, frantsiyalik hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi 43-golini urdi va bu ko'rsatkich bo'yicha rekord o'rnatdi.
Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 43 ta o'yinda qatnashib, 43 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!