"Atletiko" bosh direktori Superliga tashkil etilishiga munosabatini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Madridning “Atletiko” klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marin Evropa klublari assotsiatsiyasi yig'ilishida Evropa Superligasi tashkil etilishi haqida gapirdi.
"Bu erda bunday uchrashuvlarda biz Superliga haqida ko'p gapiramiz, ammo Ispaniyadan tashqarida Superliga o'lik. Ular raqobatbardosh tuzilmani himoya qiladi. Agar siz bir qator klublar uchun musobaqalarni yopsangiz, bu ko'pchilikning orzularini yo'qqa chiqaradi", - deya Xil so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
21 dekabr kuni Evropa sudi FIFA va UEFAning 2021 yilda Superliga tashkil etilishini taqiqlash bo'yicha harakatlarini noqonuniy deb topdi. Tashkilotlar Evropadagi klub musobaqalarida monopoliyaga ega emas va Evropa qonunchiligiga binoan Superliga rasman tuzilishi mumkin.