"MYu" Premer-ligadagi g'alabasiz seriyasini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"MYu" Premer-ligada 4 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasini buzdi.
Bugun mankunianliklar APLning 29-turi doirasida o'z maydonida "Sheffild Yunayted"ni mag'lub etishdi (4:2).
Ilgari Erik ten Xag jamoasi Premer-ligada ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozona olmagandi.
"Manchester Yunayted" uch marta durang o'ynadi - "Bornmut" (2:2), "Liverpul" (2:2) va "Brentford" (1:1), "Chelsi"ga mag'lub bo'ldi (3:4).
Ayni damda 53 ochko bilan Manchester klubi APL turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Keyingi turda "Manchester Yunayted" "Byornli"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!