Dembele ketma-ket uchinchi o'yinda gol kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Usmon Dembele qatorasiga uchinchi o'yinda gol urdi.
"PSJ" Liga 1ning 29-turida "Loryan"ni mag'lub etdi (4:1). Usmon Dembele bahsda dubl qayd etdi.
Frantsiyalik futbolchi ketma-ket uchinchi o'yinda gol urdi – bungacha Chempionlar ligasi 1/4 finalining ikkala o'yinida ham “Barselona” darvozasiga gol urgandi.
2018 yilda Usmon Kataloniya klubida o'ynab, ketma-ket to'rtta o'yinda gol urgan.
Dembele joriy mavsumda Liga 1da 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!