"PSJ"ga chempionlik uchun nechta g'alaba kerak?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
“PSJ” chempionlikni qo'lga kiritishi uchun faqat bitta g'alaba kerak.
Liga1 29-turida parijliklar mehmonda “Loryan”ni mag'lub etishdi (4:1).
Bu g'alaba "PSJ"ga chempionlikni olib kelmadi, chunki parallel o'yinda "Monako" "Lill"ni mag'lub etdi (1:0).
4 ta tur qolganida "PSJ" 11 ochkolik ustunlikka ega. Hozir monakoliklar natijalari qanday bo'lishidan qat'i nazar, parijliklarga Frantsiya chempionatida chempionlikni qo'lga kiritish uchun bitta g'alaba yoki ikki durang kifoya.
Liga 1da ochkolar teng bo'lsa, to'plar farqi hisoblanadi.
27 aprel kuni murabbiy Luis Enrike shogirdlari “Gavr”ga qarshi, 3 may kuni esa “Nitstsa”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!