Mbappe Frantsiya chempionatining joriy mavsumidagi 25-golini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
Kilian Mbappe 2023/24 yilgi mavsumda Liga 1dagi 25-golini urdi.
"PSJ" Liga 1ning 29-turida "Loryan" mehmoni bo'lmoqda (2:0, tanaffus). Kilian Mbappe 22-daqiqada parijliklarning uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi.
Bu frantsiyalik futbolchining Frantsiya chempionatining joriy mavsumdagi 25-golidir. Kilian hozircha turnirning eng yaxshi to'purari. Uning eng yaqin ta'qibchisi "Lill" hujumichis Jonatan Deviddir. Uning hisobida 17 ta gol bor.
"Shtutgart" hujumchisi Seru Girassi Germaniya chempionatida xuddi shunday - 25ta gol urdi. Top-5 ligada faqatgina "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynning gollari ko'p - 33 ta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!