Karlos Teves kasalxonaga yotqizildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Karlos Teves ko'krak qafasidagi og'riq tufayli kasalxonaga yotqizildi.
"Independente" klubining 40 yoshli bosh murabbiyi ko'kragida og'riqni his qildi va keyinchalik kasalxonaga yotqizildi. U hozir Buenos-Ayresdagi kasalxonada.
Klub vakillarining so'zlariga ko'ra, Teves kerakli test va ko'rikdan o'tgan, natijalari mutaxassislarda hech qanday tashvish tug'dirmaydi.
Teves 2023 yilning avgust oyidan beri "Independente" bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda va yaqinda klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan yangi uch yillik shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!