Xavi "Valensiya"ning tayanch yarim himoyachisi bilan muzokara olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Barselona" "Valensiya"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Pepeluga qiziqish bildirmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, Xavi dekabr oyi o'rtalarida jamoalar La Ligada uchrashgandan so'ng yarim himoyachi bilan alohida gaplashgan. Xususan, kataloniyalik murabbiy "futbolchini ajoyib mavsum bilan tabriklagan".
Ta'kidlanishicha, Pepelu mavsum davomida "Barselona" murabbiylar shtabi e'tiborini tortdi va klub uning o'yin sifatini ijobiy baholaydi. Futbolchi keyingi mavsumda klub uni kuchaytirmoqchi bo'lgan tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi La Ligada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!