Agar Allegri jamoada qolsa Keza "Yuventus"dan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Yuventus"ning hujumkor yarim himoyachisi Federiko Kezaning jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan munosabatlari yomon.
Agar mutaxassis 2023/2024 yilgi mavsum yakunida jamoa boshqaruvida qolsa, Keza klubdan uning transferini so'raydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Agar Allegri ketsa, "Yuventus" Keza bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini oshiradi. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgani bois, agar yangi shartnoma bo'yicha kelishib olinmasa, "keksa sinora" Federikoni transferga qo'yadi.
Turin jamoasi Keza bir yildan keyin tekinga ketadigan vaziyatga yo'l qo'ymoqchi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!