Galte A Seriya klubida ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Frantsiyalik murabbiy Kristof Galte kelasi yozda Evropaga qaytishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, 57 yoshli mutaxassis "Milan" klubi nishonida turibdi. Mish-mishlarga ko'ra, "rossonerilar" mavsum oxirida Stefano Pioli bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Galte asosan 2022/2023 yilgi mavsumda "PSJ"da ishlagani bilan tanilgan. Oktyabr oyida tajribali mutaxassis Qatarning "Al-Duhail" klubini qabul qilib oldi.
"Milan" ayni damda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Dushanba kuni "rossonerilar" derbisida "Inter"ga imkoniyatni boy berishdi (1:2), natijada "neradzurrilar" muddatdan oldin Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!