Gvardiola: "Rotatsiya nimani anglatishini bilmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola payshanba kuni "Brayton"ga qarshi o'yinda o'z tarkibini almashtirishni rejalashtiryaptimi yoki yo'qligi haqidagi savolga javob berdi.
"Rotatsiya nimani anglatishini bilmayman. Har bir futbolchi o'ynashni xohlaydi, har bir futbolchi o'z hissasini qo'shishni xohlaydi. Oxirgi o'yindan keyin bizni uch-to'rt kun o'tkazdik va ertaga bizni mavsumning eng qiyin o'yinlaridan biri kutib turibdi" - dedi Gvardiola chorshanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
25 aprel, payshanba kuni "Manchester Siti" Angliya Premer-ligasi doirasida "Brayton"ga qarshi safarda o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!