"Liverpul" Slot uchun pul to'lashiga to'g'ri keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
So'nggi yillarda "Feyenoord"da o'zini yaxshi ko'rsatgan Arne Slot 2023/2024 yilgi mavsum oxirida "Liverpul" ustozligida Yurgen Kloppning o'rnini egallashi mumkin.
BBC nashri xabariga ko'ra, agar "Liverpul" haqiqatan ham Slotni "Feyenoord"dan o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, "mersisaydliklar" niderlandiyaliklar bilan muzokara olib borishlariga to'g'ri keladi.
Gap shundaki, Slot shartnomasidagi sotib olish optsiyasi 2025 yilning yozida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi yozda uni faollashtirib bo'lmaydi.
Chorshanba kuni "Liverpul" Angliya Premer-ligasi doirasida "Everton"ga qarshi safarda o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!