Rangnik o'zi haqidagi ma'lumotlarni tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Bavariya" bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
Oldinroq germaniyalik mutaxassis shu haftada myunxenliklar jamoasini boshqarishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Bavariya" men bilan bog'landi va men Avstriya federatsiyasini xabardor qildim.
Hozir bor e'tiborimni Avstriya terma jamoasi va Evroga qaratganman. Agar "Bavariya" menga: "Biz sizni jamoada ko'rishni xohlaymiz" desa, men buni ko'rib chiqishimga to'g'ri keladi", - deya Rangnikning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!