Falkao Ispaniyani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Ispaniyaning “Rayo Valekano” jamoasida o'ynayotgan Radamel Falkao joriy mavsum yakunida Evropani tark etishi mumkin. Todofichajes portalining xabar berishicha, 38 yoshli hujumchi faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
"Kruz Azul" Radamel xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Klub Falkaoni joriy mavsum oxirida, futbolchining "Rayo Valekano" bilan shartnomasi yakunlanganda olishni rejalashtirmoqda.
Joriy Ispaniya chempionatida kolumbiyalik futbolchi 18 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!