"Bavariya" Tuxeldan qolishni so'ramagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelni kelasi mavsumda qoldirish borasida haligacha murojaat qilmagan.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" hali Tuxel bilan kelasi mavsum borasida bog'lanmagan. Myunxenliklar hali yangi bosh murabbiylik uchun boshqa nomzodlardan voz kechgani yo'q.
So'nggi kunlarda klubga Ralf Rangnik, Unai Emeri, Arne Slot va Roberto de Dzerbilar da'vogarlik qilmoqda. Tuxel boshqaruvida “Bavariya”da hali ham Chempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyati saqlanib qolgan. Jamoa tez orada turnirning yarim finalida "Real" bilan uchrashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!