Musiala nega o'tgan yili Messi bilan futbolka almashmaganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Jamol Musiala nega Chempionlar ligasida “PSJ”ga qarshi o'yinda Lionel Messining futbolkasini ololmaganini tushuntirdi.
"Birinchi o'yindan keyin Alfonso Devis Messidan futbolka so'radi, men esa Neymardan. Keyin ikkinchi o'yindan keyin o'zim Lionelga murojaat qildim, lekin u kiyim almashtirish xonasida futbolka almashishni taklif qildi.
Ammo biz stadionda uzoq vaqt qolib, muxlislar bilan g'alabani nishonladik. Kiyinish xonasiga qaytganimdan so'ng, endi ichkariga kirib, "PSJ" futbolchilarini bezovta qilishni xohlamadim. Shuning uchun men Messining futbolkasini ololmadim", - deya Musiala so'zlarini keltiradi Marca.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!