Aleksey Miranchukka ikki klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
“Atalanta” klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, yarim himoyachini o'z safiga qo'shib oliahsga "Fiorentina" va "Torino" klublari qiziqmoqda. Alekseyning hozirgi bozor qiymati to'qqiz million evroga baholanmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi Bergama jamoasi safida 21 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Miranchuk va "Atalanta" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2025 yil iyun oyi oxirigacha hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!