Milik "Yuventus"ning finalga yo'l olgani haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Yuventus" hujumchisi Arkadiush Milik "Latsio"ga qarshi Italiya kubogi yarim final javob uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ha, yomon o'yin bo'ldi, biz ko'p qiynalishimizga to'g'ri keldi. "Latsio" juda kuchli raqib, ayniqsa o'z maydonida. Bugun raqiblarimiz bizga juda ko'p muammo keltirishdi, ammo biz xursandmiz – bir necha haftadan so'ng finalda o'ynash uchun Rimga qaytamiz.
Biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerakligini bilamiz, lekin Kubok finaliga chiqish va Superkubokga chiqish - bu yutuq. Zaxiradan maydonga tushgandan so'ng, shunday muhim gol urish juda yoqimli bo'ldi", - dedi Milik o'yindan keyingi intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!