Kioun: "Arsenal" "Manchester Siti"ga kuchli signal yubordi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Angliya chempionatining qoldirilgan o'yinida “Arsenal” “Chelsi” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Martin Kioun bu g'alabani juda muhim deb hisoblaydi. Shu tariqa, o'tgan mavsum oxirida muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Arsenal" endi "Manchester Siti"ga hammasi boshqacha bo'lishini ko'rsatmoqda.
"Bu muhim g'alaba. Hozir barcha futbolchilar birga. Har bir bo'limning boshlanishi aql bovar qilmas edi. Edegor yondiryapti, Deklan Rays ham, Kay Haverts esa o'yinning eng yaxshi ikkita golini kiritdi. Bu "Manchester Siti" uchun kuchli signal", deydi Kioun.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!