Fabritsio Romano Jiruning keyingi klubi haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
“Milan” hujumchisi Olive Jiru faoliyatini AQShda davom ettiradi. Frantsiyalik futbolchi yozda "Los-Anjeles" bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolaydi.
37 yoshli futbolchi MLS klubi bilan 2025 yil oxirigacha shartnoma imzolashi kutilmoqda, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano o'z xabarida. Kelishuv yaqin soatlarda rasmiylashtiriladi.
Olive Jiru 2021 yildan beri "Milan"da o'ynab kelmoqda. "Rossonerilar" tarkibida forvard barcha turnirlarda 127ta o'yin o'tkazib, 47ta gol va 20ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!