"Barselona" himoyachisi yil yakuniga qadar safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Niderlandiyaning PSV klubida ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" himoyachisi Serjino Dest jarohati tufayli uzoq vaqtga safdan chiqdi.
23 yoshli futbolchi Eyndxovenda muvaffaqiyatli mavsum o'tkazayotgandi, biroq yaqinda jarohat oldi - bu jiddiy bo'lib chiqdi. Jurnalist Rik Elfrinkning so'zlariga ko'ra, Dest tizzasidan olgan jarohati sabab shu yil oxirigacha maydonga qayta olmaydi. Agar PSV sotib olish imkoniyatini faollashtirmasa, amerikalik yozda "Barselona"ga qaytadi.
Serjino Dest bu mavsumda PSV safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!