Yamal "Barselona"dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Barselona"ning 16 yoshli futbolchisi Lamin Yamal "PSJ"ning transfer maqsadlaridan biri.
Bir necha bor xabar qilinganidek, Parij grandi o'sib borayotgan superyulduzni o'z saflariga jalb qilish uchun taxminan 200 million evro sarflashga tayyor. Biroq, jurnalist Toni Xuanmartining so'zlariga ko'ra, vinger "Barselona"ni tark etish niyatida emas. Ispaniyalik futbolchi faqat "ko'k-anorranglilar" uchun o'ynashni istaydi va kelajagini shu klub bilan bog'lashga tayyor.
Transfermarkt portali ekspertlari Lamin Yamalning transfer qiymatini 75 million evroga baholamoqda. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!