"Atletiko" Kanseluning agenti bilan aloqa o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Hammasi Joau Kanselu "Barselona"da qolmasligi tomon ketmoqda. Kataloniya klubi so'nggi o'yinlardagi xatolar tufayli portugaliyalikni "Manchester Siti"dan sotib olish maqsadga muvofiqligiga shubha qilmoqda. Todofichajes portaliga ko'ra, "Atletiko" Kanselu bo'yicha vaziyatni kuzatmoqda. Madridliklar futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bog'lanib, himoyachini kelasi yozda transfer qilish imkoniyatini baholashdi.
Bahor oxirida Joau Kanselu o'zining 30 yoshini nishonlaydi. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
"Barselona" navbatdagi o'yinini 29 aprel kuni Ispaniya chempionati doirasida "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!