"Liverpul" vingeri kamida 2 haftaga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Diogu Jota jarohat oldi.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishicha, portugaliyalik vinger "Fulxem"ga (3:1) qarshi o'yinda sonidan jarohat olgan. O'sha o'yinda Jota gol urdi.
Futbolchi taxminan ikki hafta o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Jota yaqindagina fevral oyida tizzasidagi jarohatni davolganidan so'ng jamoa bilan ishlay boshladi.
Premer-liganing joriy mavsumida Diogu 21 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!