U23 Osiyo kubogi. O'zbekiston Vetnamni yirik hisobda mag'lub etdi va guruhda 1-o'rinni egalladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Qatarda o'tkazilayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogida chorak final bosqichi yakuniga etdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhuning 3-turini Vetnamga qarshi o'tkazdi.
Temur Kapadze jamoasi bugun raqib ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, guruhda 1-o'rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Alisher Odilov hisobni ochdi. Shundan keyin ham o'zbekistonliklar hujumkorlikni to'xtatmadi. 36-daqiqaga kelib, Ruslanbek Jiyanov hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Odilov dublni rasmiylashtirdi.
Ikkinchi bo'limda ham jamoamiz raqib darvozasi tomon ko'plab hujumlar tashkil qildi. To'p ikki marta raqib darvozasi to'sini va ustuniga tegib qaytdi.
Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari guruhda 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. Jamoamiz chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. Bu o'yin 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
U23 Osiyo kubogi. "D" guruhi, 3-tur
O'ZBEKISTON - V'ETNAM
Gollar: 1:0 — 4 Odilov, 2:0 — 36 Jiyanov, 3:0 — 40 Odilov.
O'zbekiston: 1. Abduvohid Ne'matov, 2. Saidazamat Mirsodiqov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliev (Asadbek Rahimjonov, 46), 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasurbek Jaloliddinov (Diyor Xolmatov, 46), 11. Otabek Jo'raqo'ziev ( Abbosbek Fayzullaev, 70), 15. Umarali Rahmonaliev, 20. Ruslanbek Jiyanov (Hojimat Erkinov, 64), 22. Alisher Odilov (Husayn Norchaev, 78).
Vetnam: 13. Nguen Anviet, 2. Nguen Xon, 3. Tran Kuang, 4. Luong Duy, 7. Xoang Van, 8. Nguen Duk, 10. Vo Nguen, 17. Nguen Duk Pxu, 19. Nguen Tai, 20. Nguen Ngok, 22. Nguen Ming Kuang.