"Liverpul"ni niderlandiyalik murabbiy boshqarishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Feyenoord" bosh murabbiyi Arne Slot "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, joriy mavsum yakunida Yurgen Klopp "mersisaydliklar" bosh murabbiyligini tark etadi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" niderlandiyalik mutaxassis bilan muzokara olib borgan. Manbaga ko'ra, tomonlar yana bir uchrashuv haqida kelishib olgan.
33-turdan so'ng "Liverpul" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 74 ochko bor.
24 aprel kuni "Liverpul" APLning 29-turidan o'rin olgan o'yinda "Everton" bilan mehmonda uchrashadi. Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23:59ga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!