"Nottingem Forest" bosh hakam va VAR o'rtasidagi muzokaralar yozuvini oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Nottingem Forest" Premer-ligada "Everton"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hakamlikdan g'azablandi.
Klubning fikricha, hakam ularning foydasiga uchta penalti belgilamagan. "O'rmonchilar" hatto VARda o'tirgan hakam APLda jon saqlab qolish uchun kurashda "Nottingem"ning raqobatchilaridan biri bo'lgan "Luton"ning muxlisi ekanligini ta'kidladilar.
The Times nashri xabariga ko'ra, PGMOL "Nottingem Forest"ga bosh hakam va VAR o'rtasidagi muzokaralar yozuvini taqdim etadi. Biroq, bu yozuv hamma uchun ochiq bo'lmaydi.
"Nottingem Forest" hozirda Angliya chempionati jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!