Ten Xag: "Antoni bunday qilmasligi kerak edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Manchester Yunayted" dam olish kunlarida "Koventri"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, Angliya kubogi finaliga chiqdi.
Rasmus Xyolund hal qiluvchi penaltini amalga oshirgach, Antoni provokatsion tarzda bayram qildi. U “Koventri” futbolchilariga yuz o'girdi va qo'llarini quloqlariga qo'ydi, ehtimol, raqib jamoa muxlislariga murojaat qilgandir.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida Antonining gol nishonlashi haqida fikr bildirdi.
"Uni g'azablantirishdi, lekin u bunday munosabatda bo'lmasligi kerak edi. Siz provokatsiyani ko'rmadingiz, faqat uning reaktsiyasini ko'rdingiz.
U bunday qilmasligi kerak edi. Ammo men Maguayrning nima qilganini ham ko'rdim", dedi Ten Xag.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!