Dalot: "Ronaldu doimo yaxshilanishga intiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Diogo Dalot Krishtianu Ronalduning ishdagi va hayotdagi printsiplari haqida gapirdi.
"U bilan birinchi marta uchrashganimni hech qachon unutmayman.
U aql bovar qilmas energiyaga ega va ishda ham, hayotda ham - tana, aql va oila nuqtayi nazaridan ideal inson. U doimo yaxshilanishga intiladi", dedi "Manchester Yunayted" va Portugaliya MTJ himoyachisi.
Diogo Dalot va Ronaldu "Manchester Yunayted"da birga o'ynashgan. Qolaversa, ikkala futbolchi ham Portugaliya terma jamoasida o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!