Jiru yangi klubi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Hujumchi Olive Jiru 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Milan”ni tark etadi. Tajribali frantsuz MLSning "Los-Anjeles" klubiga o'tadi.
Jurnalist Fabris Xokinsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Jiru va Amerika klubi o'rtasida allaqachon kelishuvga erishilgan. Shartnoma bir yarim yilga mo'ljallangan bo'lib, u yana bir mavsumga uzaytirish variantini o'z ichiga oladi. 37 yoshli Jiru avgust oyi boshida "Los-Anjeles"ga qo'shiladi.
Qayd etilishicha, forvard Frantsiya terma jamoasi uchun uydagi Olimpiada o'yinlarining futbol turnirida o'ynamaydi. Olive Jiru 2023/2024 yilgi mavsumda 42 ta o'yinda 15 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!