Bernardu Silva ispan klubiga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Ispaniya La ligasidan top-klubga o'tishni orzu qilmoqda. Jurnalist Ferran Korreasning yozishicha, portugaliyalik yarim himoyachi faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi.
Manbaga ko'ra, Bernardu "Manchester Siti"dagi davri allaqachon o'z nihoyasiga etganiga ishonch bildirmoqda. Futbolchi yangi vazifani o'z zimmasiga olmoqchi va boshqa chempionatga o'tmoqchi.
Silvaning shartnomasida tovon puli 58 million evroni tashkil qiladi, ammo “Siti” chegirma qilishga tayyor. 29 yoshli yarim himoyachi Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!