Tuxel «Barselona» variantini rad etadi, sababi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor yo'nalish haqida qaror qabul qildi.
ESPN jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, nemis mutaxassisi "ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy muammolari tufayli "Barselona" variantidan bosh tortadi. Tuxel Angliya Premer-ligasiga qaytishni rejalashtirmoqda. Mutaxassisga yana bir top-klub "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Tomas joriy mavsum yakunida "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi ma'lum bo'lgandi. Uning rahbarligida jamoa Bundesligada chempionlik poygasida mag'lub bo'ldi, ammo Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!