"Inter" sport direktori Lautaro va Barellaning shartnomasi bilan bog'liq holat haqida to'xtaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
"Inter" klubi sport direktori Pero Auzilio ikki asosiy futbolchining shartnomalari bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi. Gap hujumchi Lautaro Martines va yarim himoyachi Nikolo Barella haqida ketmoqda.
“Biz Lautaro bilan shartnomani uzaytirishni keyingi mavsum boshiga qadar yakunlamoqchimiz. Biz hamma narsani imkon qadar tezroq tugatmoqchimiz. Biz yana imkon qadar tezroq Nikolo Barella bilan ham yangi shartnoma tuzmoqchimiz", - deya Auzilio so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Lautaro joriy mavsumda Italiya chempionatida 23 ta gol urdi va “Inter”ga A Seriya oltin medalini qo'lga kiritdi. Argentinalik futbolchining “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!